2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyatida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan jami 268 ming 940 tonna kartoshka yetishtirilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2023- yilning mos davriga nisbatan 4,3 % ga ko‘paygan.
Kartoshka ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, kartoshka ishlab chiqarish umumiy hajmidan 71,8 % i dehqon va tomorqa xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelgan.