Chortoq tumani 1950- yil 15- aprelda tashkil topgan bo‘lib, umumiy yer maydoni 0,38 ming kv.km tashkil etadi. 2024- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra, doimiy aholisi soni 218 ming kishiga yetib, 2024- yilning 1- yanvar holatiga nisbatan 3,1 ming kishiga ko‘paydi.
Doimiy aholining 50,2 % ini erkaklar, 49,8 % ini ayollar tashkil etadi. 2024- yilning yanvar-sentabr oylarida tug‘ilganlar soni 4094 kishini, vafot etganlar soni 739 kishini tashkil qilgan.
Shuningdek, yanvar-sentabr oylarida FHDYO organlarida 836 ta nikohlar va 173 ta nikohdan ajralishlar ro‘yxatga olingan.