2024- yilning yanvar-oktabr oylarida Namangan viloyati xorijiy davlatlarga qiymati 72,9 mln AQSH dollarilik oziq-ovqat mahsulotlari eksportini amalga oshirgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2023- yilning mos davriga nisbatan 29 % ga ko‘paygan.
Oziq-ovqat mahsulotlari eksporti tarkibi;
🔹 meva sabzavotlar - 65,5 mln AQSH dollari,
🔹 sut mahsulotlari va parranda tuxumi – 4,1 mln AQSH dollari,
🔹 don va ularning mahsulotlari – 2,3 mln AQSH dollari,
🔹 shakar, shakar mahsulotlari va asal – 138,3 ming AQSH dollari,
🔹 boshqa turdagi oziq-ovqat mahsulotlari – 0,9 mln AQSH dollarini tashkil etgan.