25/11/2024

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida Namangan viloyatida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 11 mln 116,2 ming so‘mni tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3 mln 354,2 ming so‘mga ko‘paygan.

Hududlar kesimida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmining eng yuqori ko‘rsatkichi Namangan shaxrida 10 mln 330,2 ming so‘mni tashkil etgan. Eng quyi ko‘rsatkich Yangiqo‘rg‘on tumanida 3 mln 558 ming so‘m ekanligi qayd etilgan.