25/11/2024

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida Namangan viloyatida amalga oshirilgan qurilish va bunyodkorlik ishlari hajmi 9,5 trln so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davri bilan taqqoslaganda 109,7 % ga yetgan.

Shundan, 80 % yoki 7,6 tln so‘mlik qurilish ishlari iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va boshqa ijtimoiy obyektlarni yaratishga qaratilgan. Yangi qurilish ishlarida norasmiy sektorlarning ulushi 55,2 % ga yoki 4,2 trln so‘mga to‘g‘ri kelgan.