25/11/2024

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida Namangan viloyati bo‘yicha ulgurji savdo tovar aylanmasi hajmi 13,2 trln so‘mni tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 4,9 trln so‘mga ko‘paygan.

Savdo aylanmasida yirik korxonalarning ulushi 19,9 % ga hamda mikrofirma va kichik korxonalarning ulushi 80,1 % ga to‘g‘ri kelgan.

Hududlar kesimida eng yuqori ulushni Namangan shahri 46,1 %, eng quyi ulushni esa, Mingbuloq tumani 1,8 % bilan qayd etilgan.

Ma’lumot o‘rnida 2024- yil 1- noyabr holatiga ulgurji savdo sohasida 2 539 ta tijorat korxonalari faoliyat ko‘rsatayotganligi qayd etilgan.