Joriy yilning 15- noyabr kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.
Mazkur o'quv seminarida Statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti Bohodir Ismatullayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini amalga oshirishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 758-son Qarori mazmun-mohiyati haqida boshqarma xodimlariga maʼlumot berdi.
Shuningdek, ushbu qaror bilan jamoa kelishuvlarini xabardor qilish tartibida ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi nizom, Mehnat shartnomalarining namunaviy shakli, qarindoshlarning birga ishlashlarini cheklash to‘g‘risidagi qoidalardan istisnolarga yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan davlat tashkilotlari xodimlarining ro‘yxati, alohida xususiyatga ega bo‘lgan ishlardagi qisqartirilgan ish kuni belgilanadigan xodimlar ro‘yxati, alohida hollar uchun xodimlarning o‘rtacha ish haqini hisoblab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risidagi nizom, ijodiy ta’tillar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom, masofadan turib ishlovchi xodim bilan yozma mehnat shartnomasining namunaviy shakli, o‘ta zararli va o‘ta xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlar uchun ish vaqtining cheklangan davomiyligi, olti oydan ortiq davr (mavsum) ichida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan ayrim mavsumiy ishlarning ro‘yxati, mavsumiy ishlarni bajarish to‘g‘risidagi, xodim va yakka tartibdagi tadbirkor o‘rtasidagi, uy ishchisi bilan tuziladigan mehnat shartnomasining namunaviy shakllari tasdiqlanganligi to‘g‘risida xodimlarga ma’lumot berib o‘tildi.
Seminar davomida Vazirlar Mahkamasining ushbu qarori 3-ilovasiga asosan tasdiqlangan Qarindoshlarning birga ishlashlarini cheklash to‘g‘risidagi qoidalardan istisnolarga yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan davlat tashkilotlari xodimlarining ro‘yxati haqida ham xodimlaga to‘liq ma’lumotlar berib o‘tildi.