22/11/2024

 Joriy yilning 22- noyabr kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.

Mazkur o'quv seminarida Statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti Bohodir Ismatullayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 15-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida” 1002-son Qonuni mazmun-mohiyati haqida boshqarma xodimlariga maʼlumot berildi.

Shuningdek, ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini tartibga solishdan iboratligini, Ombudsman mansabdor shaxs bo‘lib, u davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda mansabdor shaxslar tomonidan inson huquqlari va erkinliklari to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshirishini, o‘z faoliyatini tashkilotlar va mansabdor shaxslardan mustaqil ravishda, faqat qonunga bo‘ysungan holda amalga oshirishi va unga Qonunchilik palatasining Spikeri va Senat Raisi tomonidan imzolanadigan guvohnoma berilishini aytib o‘tdi.

Seminar davomida Ombudsman o‘z vakolatlari muddati mobaynida daxlsizlik huquqidan foydalanishi, Oliy Majlis palatalarining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki unga sud tartibida beriladigan ma’muriy jazoga tortilishi mumkin emasligini, unga nisbatan jinoyat ishi faqat O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkinligi, uni majburiy keltirishga, ushlab turishga, shuningdek uning uy-joyini, xizmat xonasini, yukini, shaxsiy va xizmat transport vositalarini, yozishmalarini, u foydalanayotgan aloqa vositalarini, shuningdek unga tegishli hujjatlarni ko‘zdan kechirishga yo‘l qo‘yilmasligi haqida ham tushunchalar berib o‘tildi.  Seminar qiziqarli va savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.