Joriy yilning 27- noyabr kuni Yangi Namangan tumani 39- sonli umumta'lim maktabida aholini ro‘yxatga olishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Tadbirda Namangan viloyati statistika boshqarmasi Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish bo'limi xodimlari hamda 39- sonli umumta'lim maktabi o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
Seminarda Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish bo'limi mutaxassislari tomonidan aholini ro‘yxatga olishning maqsadi, ro‘yxatga olishning nima uchun zarurligi, aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish bo‘yicha xorijiy davlatlar tajribalari va shu kunga qadar bajarilgan ishlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘grisida batafsil tushunchalar berildi.
Bundan tashqari hududdagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inlarining xaritasiga o‘zgartirishlar kiritilganligi, raqamlanmagan uylarni raqamlashtirish, ko‘cha nomi belgilarini ilinishi mazkur tadbirni sifatli o‘tishiga asosiy omil bo‘lib xizmat qilishi haqida ham so‘z yuritildi.
Shuningdek, muloqot davomida aholini ro‘yxatga olishning tashkiliy va metodik tamoyillari, dasturiy-texnik ta’minoti va ma’lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonlarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha ham ma’lumotlar berildi.
Tadbir davomida aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazishda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi, bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar xususida atroflicha ma'lumotlar berildi.
Axborot xizmati