2024- yilning yanvar-oktabr oylarida Namangan viloyatida jami 9 trln 520,8 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 109,7 % ni tashkil etdi.
Qurilish ishlari hajmi yirik qurilish tashkilotlari, kichik korxona va mikrofirmalar hamda norasmiy sektorlarda amalga oshirilgan ishlar tarkibi bo‘yicha shakllanadi.
Qurilish ishlari hajmining tarkibi:
Yirik qurilish tashkilotlari - 7,3 %;
Norasmiy sektor - 48,6 %;
Kichik korxona va mikrofirmalar - 44,1 %;
✅ Ma'lumot o‘rnida, qurilish ishlari hajmi bu – o‘z kuchi bilan bajarilgan qurilish ishlari, yangi qurilish, kapital va joriy ta’mirlash hamda boshqa pudrat qurilish ishlari natijasidir.