Joriy yilning 29- noyabr kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.
Mazkur o'quv seminarida Statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti Bohodir Ismatullayev tomonidan 2024- yilning noyabr oyi davomida (Lex.uz tizimiga kiritilgan) Oʻzbekiston Respublikasining 17 ta yangi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 23 ta Farmon va Qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining 23 ta qarorlari qabul qilinganligi haqida boshqarma xodimlariga maʼlumot berildi.
Seminarda, yangi qabul qilingan qonun hujjatlari va ularning mazmun-mohiyati haqida tushunchalar ham berish bilan birga ishtirokchilarining qiziqtirgan savollariga javoblar berib oʻtildi.