2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyati bo‘yicha axborot va aloqa sohasida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi miqdori 6 mln 394,0 ming so‘mga to‘g‘ri keldi.
O‘sish sur'ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 112,2 % ni tashkil etgan.
Axborot va aloqa faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Namangan shahri (7524,0 ming so‘m), Uchqo‘g‘on tumani (2444,7 ming so‘m) hamda Yagiqo‘rg‘on tumani (2249,1 ming so‘m) da kuzatildi.
✅ Ma'lumot o‘rnida, 2021- yilning yanvar-mart oylarida ushbu sohada o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi miqdori 1904,5 ming so‘m bo‘lgan.
Axborot xizmati