2024- yilning yanvar-oktabr oylarida Namangan viloyatning Pokiston bilan tashqi savdo aylanmasi 9,4 mln.AQSh dollarini tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 7,6 mln.AQSh dollariga ko‘paygan.
Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 8,1 mln.AQSh dollarini, import hajmi esa 1,3 mln.AQSh dollarini tashkil etgan.
Ma’lumot o’rnida, Namangan viloyati 2024- yilning yanvar-oktabr oylarida 77 dan ortiq davlatlar bilan tashqi savdo aloqlarini amalga oshirgan.