2024- yilning yanvar-oktabr oylarida Namangan viloyatida jami 9 trln 520,8 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2023- yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan 109,7 % ni tashkil etdi.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha qurilish ishlari tarkibida bino va inshootlar qurilishining ulushi 78 % ga to‘g‘ri kelgan.
Shuningdek, bino va inshootlarni qurish bo‘yicha qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 3,1 % ni tashkil etgan. Ushbu faoliyat turida kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelgan ulush 34,6 % ni tashkil etdi. Norasmiy sektorning ulushi esa 62,3 % ni tashkil etdi.