11/12/2024

Joriy yilning 9–13-dekabr kunlari Tailandning Bankok shahrida boʻlib oʻtayotgan BMT Osiyo va Tinch okeani uchun Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO) Statistika qoʻmitasining 9-sessiyasi va Osiyo-Tinch okeani Statistika instituti Boshqaruv kengashining 20-sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligidagi delegatsiya ham qatnashmoqda.  

1_11_12_2024_1251421-escap

Maʼlumot uchun: ESKATO 1947-yil 28-martda tashkil etilgan. Komissiya tarkibiga ovoz beruvchi 53 ta davlat, jumladan, MDHning sakkiz davlati (Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiz Respublikasi, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston) hamda siyosiy mustaqillik darajasiga erishmagan, assotsiatsiyalangan aʼzolar maqomiga ega boʻlgan 9 ta hudud kiradi. Tarmoqlararo oʻzaro hamkorlik masalalari bilan Komissiyaga hisobdor boʻlgan 9 ta tarmoq qoʻmitalari shugʻullanadi, shulardan biri “Statistika qoʻmitasi” hisoblanadi. Osiyo-Tinch okeani Statistika instituti dunyo boʻyicha ixtisoslashgan 2 ta institutning biri, ESKATOning mintaqaviy oʻquv muassasasi hisoblanadi.

2_11_12_2024_1251_3f278786-276d-4392-8f70-a7b3bd14c57f

Osiyo-Tinch okeani Statistika instituti Boshqaruv kengashining 20-sessiyasi doirasida quyidagilar koʻzda tutilgan:

- Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi Milliy statistika idoralari rahbarlari boshqaruv seminari;

- Oʻzbekistonda ESKATO bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Osiyo va Tinch okeani mintaqasi milliy statistika idoralarining
2030-yilgacha barqaror rivojlanish kun tartibini qoʻllab-quvvatlash maqsadida rasmiy statistika uchun innovatsion, yangi va katta maʼlumotlar manbalaridan foydalanish boʻyicha institutsional salohiyatini kuchaytirish” loyihasi taqdimoti;

- ESKATO Statistika qoʻmitasi 9-sessiyasi doirasida Oʻzbekistonda statistika sohasiga oid islohotlar boʻyicha qisqa taqdimot qilindi, shuningdek, ESKATO Statistika qoʻmitasi 9-sessiyasi davomida, boshqa masalalar qatori byuroning yangilangan tarkibi saylandi. Mazkur 9-sessiyada Oʻzbekiston ikkinchi muddatga saylandi.

3_11_12_2024_1252_8d56a81e-4827-4b3f-96e8-d7862764c3df

Maʼlumot uchun: 2022-yildagi ESKATO Statistika qoʻmitasi byurosining 8-sessiyasida Statistika agentligi direktori mintaqadan ilk bor byuro raisi oʻrinbosari lavozimiga saylangan.

4_11_12_2024_125c6b33d42-1566-4c02-a306-3632bbfd9395

Tashrif davomida ESKATO Statistika boʻlimi rahbari Reychel Biven bilan uchrashuv oʻtkazib, Oʻzbekistonda ESKATO bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyiha samaradorligi hamda kelgusi yillarda yangi loyihalarni Oʻzbekistonda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

5_11_12_2024_125e4d4d7f3-e0c9-4612-ba0b-fc9c17639bd3

Shuningdek, Bankok shahriga qilingan mazkur rasmiy tashrif doirasida Singapur Milliy statistika ofisi, Tailand Milliy statistika ofisi va Indoneziya Milliy statistika ofisi rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazildi. Uchrashuvlarda roʻyxatga olish  (aholi, qishloq hoʻjaligi, biznes) tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish, zamonaviy raqamli texnologiyalardan amaliyotda keng foydalanish yuzasidan mavjud amaliyot va tajribalar boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilish va tajriba almashish kabi masalalar muhokama qilindi.

6_11_12_2024_125f39a0db2-f2ff-490f-9bda-171acfcc45e0-1

7_11_12_2024_125f39acc708f7e-0074-4042-aafb-c512b56d30cf

Natijada roʻyxatga olish jarayonlarida zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish, sunʼiy intellekt va katta hajmdagi maʼlumotlarni qayta ishlash texnologiyalari (BigData)ni e-Stat-4.0 axborot tizimiga joriy etish natijasida respondentlar hisobot toʻldirish jarayonlarida yuzaga keladigan savollarga sunʼiy intellekt orqali javob olish imkoniyatlarini joriy etish va boshqa tarmoqlar statistikasi metodologiyasini rivojlantirish va Ochiq maʼlumotlar sohasini yanada rivojlantirishga erishiladi. 

Matbuot xizmati