2024- yil yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyatida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar 30 trln 716,0 mlrd so‘mni tashkil qilib, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 200,6 % ni tashkil etdi.
✅ Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning texnologik tarkibiga ko‘ra qurilish montaj ishlari 10 trln 899,7 mlrd so‘mga yetkazildi, asbob-uskunalar va jihozlar 15 trln 7,1 mlrd so‘mga, boshqa kapital ishlar va xarajatlar esa 4 trln 809 mlrd so‘mga yetdi.