11/12/2024

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 21 trln 966,7 mlrd so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi yoki ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmining 75,1 % ini tashkil qildi.

O‘sish sur‘ati 2023- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 114,8 % ni tashkil qildi.

Yuqoridagi jadval maʼlumotlariga ko‘ra, xizmatlar sohasida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng yuqori ulushi yashash va ovqatlanish xizmatlarida – 45,8 % (10 053,9 mlrd. so‘m), savdo xizmatlarida – 22,8 % (5 009,6 mlrd. so‘m), transport xizmatlarida – 12,9 % (2 835,5 mlrd. so‘m), shaxsiy xizmatlarda – 5,4 % (1186,2 mlrd. so‘m) hamda кompyuterlar va maishiy tovarlarni taʼmirlash bo‘yicha xizmatlarda 3,0 % (662,3 mlrd. so‘m)ni tashkil etdi.

Kichik biznes subyektlarining xizmatlar sohasida eng kichik ulushi moliyaviy xizmatlarda 0,4 % (96,6 mlrd so‘m) kuzatildi.