2024- yilning 1- noyabr holatiga viloyatimizda 209 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar faoliyat yuritmoqda. Ularning soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 16 taga kamaygan, eng ko‘p miqdori quyidagi davlatlarga to‘g‘ri keldi:
- Rossiya – 49 ta;
- Xitoy – 48 ta;
- Turkiya – 35 ta;
- Janubiy Koreya – 15 ta;
- Qozog‘iston – 11 ta.
Bundan tashqari 2024- yilning yanvar-oktabr oylarida xorijiy kapital ishtirokida yangi tashkil etilgan korxonalarning sonida esa quyidagi ko‘rinishda aks etdi:
- Xitoy – 16 ta;
- Rossiya – 7 ta;
- Janubiy Koreya – 5 ta;
- Qozog‘iston – 3 ta;
- Tojikiston – 2 ta.