2024- yilning yanvar-oktabr oylarida viloyatning barcha hududlarida joylashgan chorva (parranda) bozorlarida parrandalar va chorva mollari sotuvchi jismoniy shaxslar tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.
Kuzatuv natijalariga ko‘ra savdo aylanmasi hajmi 1 428,3 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bunda har-xil yoshdagi qoramollar savdosi – 1 290,4 mlrd so‘m, qo‘y va echkilar –123,6 mlrd so‘mni, otlar –9,0 mlrd so‘mni, parrandalar – 5,0 mlrd so‘mni tashkil qildi.