2024- yilning yanvar-oktabr oylarida Namangan viloyatida jami 9 trln 520,8 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2023- yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan 109,7 % ni tashkil etdi.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha qurilish ishlari tarkibida fuqarolik obyektlarini qurish ishlarining ulushi 9,1 % ga to‘g‘ri kelgan.
Shuningdek, fuqarolik obyektlarini qurish bo‘yicha yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 48,7 % ni, kichik korxona va mikrofirmalar ulushi mos ravishda 51,3 % ni tashkil etdi.