2024- yiling 16- dekabr kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari B. Xoliqov, Investitsiyalar va qurilish statistikasi bo‘lim mutaxassisi G‘. Olimov tomonidan investitsiya faoliyati, bino va inshootlarni foydalanishga topshirish to‘g‘risidagi 4-invest (asosiy) shakli statistika hisobotini taqdim etish tartibi boʻyicha seminar tashkil etildi.
Tadbirda 4-invest (asosiy) shakli statistika hisobotini topshuruvchi respondentlar hamda shahar, tuman statistika bo‘lim xodimlari masofaviy videoaloqa orqali ishtirok etdi.
Muloqot davomida mazkur hisobotni e-Stat 4.0 avtomatlashtirilgan elektron tizimi orqali kamchiliklarsiz sifatli topshirish bo’yicha ko‘rsatmalar berildi.