18/12/2024

Viloyat statistika boshqarmasi uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyatida istiqomat qiluvchi aholining umumiy daromadlari hajmi 39,6 trln. so‘mni tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 114,4 % ga yetgan.

Aholi jon boshiga esa 12 mln 800 ming so‘mdan to‘g‘ri kelgan.

Shuningdek, uy xo‘jaliklarining o‘rtacha oylik xarajatlari tarkibida iste’mol xarajatlari 94,2 % ni, noiste’mol xarajatlari 5,8 % ni tashkil etgan.