19/12/2024

2024- yilning yanvar-noyabr oylarida Namangan viloyatida 398,5 mlrd so‘mlik mebel mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Bu ko‘rsatkich 2023- yilning mos davriga nisbatan 153,2 mlrd so‘mga ko‘paygan.

Mebel ishlab chiqarish sanoatida mikrofirmalar va kichik korxonalarning ulushi 67,0 % ni, yakka tartibdagi mehnat faoliyati va uy xo‘jakilarini ulushi 33,0 % ni tashkil etgan.

Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida viloyatimizda 27 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, umumiy hajmda mebel ishlab chiqarishning ulushi 1,5 % ga to‘g‘ri kelgan.