2024- yilning 1- dekabr holatiga Namangan viloyatida 26 756 ta korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Shundan, 22 512 tasi kichik tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar quyidagicha:
savdo - 8919 ta;
sanoat - 4592 ta;
qurilish - 1495 ta;
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi - 1771 ta;
yashash va ovqatlanish - 1310 ta;
tashish va saqlash - 976 ta;
boshqa sohalarda - 7693 tani tashkil etgan.
Shuningdek, joriy yilning yanvar-noyabr oylarida 3 799 ta yangi korxonalar tashkil etilgan.