2024- yilning 1- dekabr holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 738 tani tashkil etib, 2024- yilning yanvar-noyabr oylarida bu sohada 99 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.
Ushbu sohada eng ko‘p faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarga ega bo‘lgan hududlar quyidagilardir:
- Namangan shahri – 298 ta;
- Chust tumani – 60 ta;
- Pop tumani – 49 ta;
- Namangan tumani – 47 ta.