2024- yilning yanvar-noyabr oylarida jami 3 799 ta yangi korxonalar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etilib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
- savdo sohasida – 1 515 ta;
- sanoat sohasida – 715 ta;
- qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 329 ta;
- yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 237 ta;
- qurilish sohasida – 157 ta;
- tashish va saqlash sohasida – 143 ta;
- axborot va aloqa sohasida – 100 ta;
- sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 99 ta;
- boshqa sohalarda – 504 ta.