2024- yilning yanvar-noyabr oylarida Namangan viloyatida jami 11,1 trln soʼmlik qurilish ishlari bajarildi. Hududda amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 7,3 %ni, kichik korxona va mikrofirmalarni ulushi 40,3 % hamda norasmiy sektorlarda bajarilgan qurilish ishlar ulushi 52,4 % ni tashkil etdi.