2024- yilning yanvar-noyabr oylarida viloyatning sanoat ishlab chiqarish hajmi 27 trln soʼmni tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 6,2 trln soʼmga koʼpaygan.
Jumladan, oʼtgan davr davomida sanoatda 261,3 ming dona trikotaj kiyimlar, 28,1 ming tonna bugʼdoy uni, 21,1 ming tonna yogʼ mahsulotlari, 1 mln 25,4 ming tonna sement, 23,2 ming tonna paxta tolasi hamda 36,6 ming tonna paxta chigiti ishlab chiqariligan.