Joriy yilning 27- dekabr kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.
Mazkur o'quv seminarida statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti Bohodir Ismatullayev tomonidan 2024- yilning dekabr oyi davomida (Lex.uz tizimiga kiritilgan) Oʻzbekiston Respublikasining 3 ta yangi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 18 ta Farmon va Qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining 20 ta qarorlari qabul qilinganligi haqida boshqarma xodimlariga maʼlumot berildi.
Seminarda, yangi qabul qilingan qonun hujjatlari va ularning mazmun-mohiyati haqida tushunchalar ham berish bilan birga ishtirokchilarining qiziqtirgan savollariga javoblar berib oʻtildi.