Joriy yilning 20- dekabr kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.
Mazkur o'quv seminarida statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti Bohodir Ismatullayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.05.2024- yildagi “Ayrim turdagi nafaqalarni tayinlash va to‘lashni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 314-son Qarori haqida boshqarma xodimlariga maʼlumot berildi.
Mazkur qaror budjet tashkilotlari tomonidan nafaqa budjet mablag‘lari hisobidan to‘lanishini, xodimga nafaqa, agar uni olish huquqi ish beruvchi bilan yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarda bo‘lgan davrda (sinov davri hamda ishdan bo‘shatilgan kunni ham qo‘shib) paydo bo‘lsa berilishi, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik ish haqi saqlanmagan ta’til, ish haqi qisman saqlanadigan ta’til, bolani parvarishlash bo‘yicha ta’til, ish vaqtincha to‘xtatilgan (ish haqi saqlanmagan vaqtda), xodim ishdan (lavozimdan) chetlashtirilib, ish haqi to‘lash to‘xtatib qo‘yilganligi sababli ishlamagan, harbiy o‘quv yoki tekshiruv yig‘ini, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘quv yurtlarida tahsil olish munosabati bilan berilgan o‘quv ta’tili vaqtida berilmasligi haqida ham tushuntirildi.
Shuningdek, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi ish stajining davomiyligidan qat’i nazar, o‘rtacha ish haqining 100 foizi miqdorida quyidagilarga to‘lanishi, ya’ni baynalminal jangchilarga, qaramog‘ida 16 yoshga (o‘quvchilar 18 yoshga) yetmagan uch yoki undan ortiq bolalari bo‘lgan xodimlarga, Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda qatnashgan xodimlarga, Chernobil AESdagi avariya natijasida radioaktiv ifloslanish zonasidan evakuatsiya qilingan va ko‘chirilgan, qon hosil qiluvchi organlar kasalliklari (o‘tkir leykoz), qalqonsimon bez (adenoma, rak) va xavfli o‘smalar bilan bog‘liq kasalliklarga chalingan xodimlarga, mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi natijasida vaqtinchalik mehnatga layoqatsiz bo‘lgan xodimlarga, pandemiya, texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan hollarda, ushbu favqulodda vaziyatlarga sababchi bo‘lgan infeksiyasi bilan zararlanishi yoki zararlangan deb gumon qilinishi munosabati bilan karantinga joylashtirilgan va 14 yoshgacha bo‘lgan bolasini parvarish qilayotgan ota-onalarga berilishi, shuningdek, umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq bo‘lgan xodimlarga o‘rtacha oylik ish haqining 100 foizi miqdorida, umumiy ish staji 5 yildan 8 yilgacha bo‘lgan xodimlarga o‘rtacha oylik ish haqining 80 foizi miqdorida, umumiy ish staji 5 yilgacha bo‘lgan xodimlarga o‘rtacha oylik ish haqining 60 foizi miqdorida berilishi haqida aytib o‘tildi.
Bundan tashqari, umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq bo‘lgan xodimlarga hamda 21 yoshga yetmagan chin (sag‘ir) yetimlarga o‘rtacha oylik ish haqining 80 foizi miqdorida, umumiy ish staji 8 yilgacha bo‘lgan xodimlarga o‘rtacha oylik ish haqining 60 foizi miqdorida to‘lanishi haqida ham tushuntirib o‘tildi. .
Shuningdek, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha hamda yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga beriladigan nafaqalar xodim ishga qabul qilingan kundan 12 oygacha ish stajiga ega bo‘lganda — o‘rtacha oylik ish haqining 75 foizi, ishga qabul qilingan kundan 12 oy ortiq ish stajiga ega bo‘lganda — o‘rtacha oylik ish haqining 100 foizi miqdorida to‘lanishi to‘g‘risida seminarda ma’lumotlar berib o‘tildi.
Seminarda, ishtirokchilarining qiziqtirgan savollariga javoblar berib oʻtildi.