Joriy yilning 17- yanvar kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.
Mazkur o'quv seminarida statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti Bohodir Ismatullayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.12.2024-yilda “Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda “ijtimoiy karta” tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 897-son Qarori mazmun-mohiyati haqida boshqarma xodimlariga maʼlumot berildi.
Mazkur qaror bilan 2024-yil 1-dekabrdan boshlab aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari bosqichma-bosqich “Ijtimoiy karta” axborot tizimidan foydalangan holda ijtimoiy karta orqali taqdim etilishi belgilanganligi va ijtimoiy kartani muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etish moliyaviy agent vazifasini bajaruvchi O‘zbekiston Respublikasining rezident tijorat banklari tomonidan amalga oshirilishini va mazkur qarorning 1-ilovasida nazarda tutilgan shaxslar uchun muomalaga chiqarilgan va foydalanish uchun taqdim etilgan ijtimoiy karta Agentlik tomonidan belgilangan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalariga haq undirilmagan holda o‘n besh kun muddatda yetkazib berilishini tushuntirib o‘tildi.
Shuningdek, seminarda yuqoridagi qaror asosida ijtimoiy karta bepul muomalaga chiqariladigan va foydalanish uchun taqdim etiladigan shaxslar toifalarining ro‘yxati haqida to‘xtalib, unga Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalar (shaxslar) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalar, ko‘p bolali oilalarning a’zolari, nogironligi bo‘lgan shaxslar, o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar bo‘lgan yolg‘iz yashovchi va yolg‘iz keksalar, o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar parvarishi bilan band bo‘lgan shaxslar, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, vasiylar (homiylar), tutingan ota-onalar, muomalaga layoqatsiz shaxslar, muomala layoqati cheklangan shaxslar, muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan shaxslarning qonuniy vakillari, pensionerlar, davlat budjeti mablag‘lari hisobidan stipendiya to‘lanayotgan talabalar, davlat budjeti mablag‘lari hisobidan stipendiya to‘lanayotgan o‘quvchilar (tinglovchilar), shahar yo‘lovchi transportidan (taksidan tashqari) bepul foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga taqdim etilishini ham aytdi.
Seminarda, ishtirokchilarining qiziqtirgan savollariga javoblar berib oʻtildi.