28/10/2024

 Joriy yilning 28- oktabr kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.

Mazkur o'quv seminarida statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti Bohodir Ismatullayev tomonidan 2024- yilning sentabr oyi davomida (Lex.uz tizimiga kiritilgan) Oʻzbekiston Respublikasining 12 ta yangi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 9 ta Farmon va Qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining 31 ta qarorlari qabul qilinganligi haqida boshqarma xodimlariga maʼlumot berildi.

 Seminarda, yangi qabul qilingan qonun hujjatlari va ularning mazmun-mohiyati haqida tushunchalar ham berish bilan birga ishtirokchilarining qiziqtirgan savollariga javoblar berib oʻtildi.