2024- yilning 1- dekabr holatiga ko‘ra, Namangan viloyatida sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 738 tani tashkil etgan.
Ushbu sohada eng ko‘p faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarga ega bo‘lgan tumanlar quyidagilardir:
- Namangan shahri – 298 ta;
- Chust tumani – 60ta;
- Pop tumani – 49 ta;
- Namangan tumani – 47 ta.
Shuningdek, 2024- yilning yanvar-noyabr oylarida bu sohada 99 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.