03/01/2025

2024- yilning 1- dekabr holatiga Namangan viloyatida xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 18 898 tani tashkil etib, ular tomonidan 2024- yilning yanvar-noyabr oylarida 38 trln soʻmlik bozor xizmatlari koʻrsatilgan.

O'sish sur'ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 112,1 % ni tashkil etgan.

Iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar hajmi:

aloqa va axborotlashtirish xizmatlari – 1,1 trln soʻm;

moliyaviy xizmatlar – 2,9 trln soʻm;

transport xizmatlari – 4,3 trln soʻm;

yashash va ovqatlanish xizmatlari – 15,9 trln soʻm;

savdo xizmatlari – 7,3 trln soʻm;

taʼlim sohasidagi xizmatlar – 1,3 trln soʻm;

koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar – 550 mlrd soʻm;

sogʻliqni saqlash sohasidagi xizmatlar – 676,6 mlrd soʻm;

ijara xizmatlari – 335,1 mlrd soʻm;

 kompyuter va maishiy tovarlarni taʼmirlash xizmatlari – 838,9 mlrd soʻm;

 shaxsiy xizmatlar – 1,5 trln soʻm;

meʼmorchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar – 208,7 mlrd soʻm;

boshqalar – 989,4 mlrd soʻmlik xizmatlar koʻrsatilgan.

Aholi jon boshiga ko'rsatilgan xizmatlar hajmi 12,3 mln so'mdan to'g'ri kelgan. 2023- yilning mos davriga nisbatan 9,8 % ga ko'paygan.