04/01/2025

2024- yilning 1- dekabr holatiga ko‘ra, Namangan viloyati bo‘yicha 1495 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ular tomonidan joriy yilning yanvar-noyabr oylarida 11 trln 102,3 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.

O‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 114 % ni tashkil etdi.

Qurilish ishlari hajmining tarkibi:
🔸yirik qurilish tashkilotlarining ulushi - 7,3 %;
🔸norasmiy sektor - 52,4 %;
🔸kichik korxona va mikrofirmalarning ulushi 40,3 % ni tashkil etgan.