04/01/2025

2024- yilning yanvar-noyabr oylarida Namangan viloyatida 4 trln 323 mlrd so‘mlik transport xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish surati 2023- yilning mos davriga nisbatan 118,3 foizga yetgan.

Hududlar kesimida eng ko‘p transport xizmatlari Namangan shahrida 1 trln 388,2 mlrd so‘mni, Chust tumanida 335,2 mlrd so‘mni hamda Pop tumanida 308,4 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Shuningdek, viloyat bo‘yicha bozor xizmatlari tarkibida transport xizmatlarining qo‘shgan hissasi 11,4 % ga to‘g‘ri kelmoqda.