13/01/2025

2024- yilning 1- dekabr holatiga viloyatimizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 4 592 ta bo‘lib, jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning 17,2 foiz ulushini tashkil etdi. Shundan, kichik biznes subyektlariga tegishli soni 4 532 taga to‘gri keldi.

Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni quyidagicha taqsimlangan:

  • Namangan shahri – 1 635 ta;
  • Namangan tumani – 359 ta;
  • Kosonsoy tumani – 352 ta;
  • Chust tumani – 338 ta;
  • Uychi tumani – 309 ta;
  • To‘raqo‘rg‘on tumani – 309 ta;
  • Yangiqo‘rg‘on tumani – 261 ta;
  • Uchqo‘rg‘on tumani – 243 ta;
  • Norin tumani – 240 ta;
  • Pop tumani – 225 ta;
  • Chortoq tumani – 191 ta;
  • Mingbuloq tumani – 130 ta.