14/01/2025

Namangan viloyati bo‘yicha 2024- yilning yanvar-noyabr oyida uyushmagan savdo tovar aylanmasi 3 676,9 mlrd so‘mni tashkil etib, 2023- yilning yanvar-noyabr oyiga nisbatan 113,6 % ni tashkil etdi. Shu jumladan, 12 bozor va 12 bozor (chorva) (oylik) kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, dehqon bozorlarida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning uy xo‘jaliklarida yetishtirgan mahsulotlarini sotish hajmi 2 060,5 mlrd so‘mni, chorva mollari va parrandalar sotuvchi jismoniy shaxslarning savdo aylanmasi hajmi 1 616,4 mlrd so‘mni tashkil etdi.