15/01/2025

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyatida fermer xo‘jaliklari tomonidan 475 ming 259 tonna donli ekinlar ishlab chiqarildi. Bu 2023- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 6,7 % ga ko‘paygan.

Jami don ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, jami don ishlab chiqarish umumiy hajmidan 83,4 % i fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.