Namanganda 2024- yilning 1- dekabr holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 22 343 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 1 510 tani tashkil etgan.
Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:
- Namangan shahri – 702 ta;
- Chust tumani – 121 ta;
- Uychi tumani – 105 ta;
- Namangan tumani – 92 ta.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:
- savdo sohasida – 484 ta;
- sanoat sohasida – 274 ta;
- yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 245 ta;
- qurilish sohasida – 219 ta;
- tashish va saqlash sohasida – 112 ta.