2024- yilning yanvar-dekabr oylarida Namangan shahrida chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 9,2 trln so‘mni tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 15,6 % ga ko‘paygan.
Savdo aylanmasining 10,4 % i yirik korxonalar hamda 89,6 % i kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan chakana savdo tovar aylanmasi hajmi esa 13 mln 58,4 ming so‘mni tashkil etgan.