Joriy yilning 20- yanvar kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi xodimlari tomonidan Namangan shahardagi 5- umumta'lim maktabida “O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida” targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari, aholini ro‘yxatga olishning maqsadi, ro‘yxatga olishning nima uchun zarurligi haqida tushunchalar berildi.
Shuningdek, yig‘ilgan bu maʼlumotlar respublika va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha dasturlarini manzilli ishlab chiqishda muhim axborot bazasi bo‘lib xizmat qilishi takidlandi.