2025- yilning 20- yanvar kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslikka barchamiz mas’ulmiz” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Namangan viloyat ichki ishlar boshqarmasi Tergov boshqarmasi katta tergovchisi I. Xo‘janov va F. Mo‘minovlar tomonidan respublikamizda ayni vaqtda korrupsiya illatiga qarshi kurashish masalasiga alohida e’tibor qaratib kelinayotganligini, korrupsiya bor joyda rivojlanish bo‘lmasligini, fuqarolarning sarsongarchiligi va noroziliga yo‘l qo‘yilishi, davlatning qonun ustuvorligini zaiflashtirib yuborilishi va buning natijasida esa inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishini ta’kidlab o‘tildi.
Shuningdek, korrupsiya bu davlat organlari xodimlari moddiy yoki mulkiy yo‘sinda noqonuniy boylik orttirish va shaxsiy naf ko‘rish maqsadida, mansab vakolatidan foydalanishi ekanligini, korrupsiya bu shunchaki jinoyat yoki huquqbuzarlik emas, balki ma’naviy buzilish holati ekanligini, mazkur illatga qarshi kurashda nafaqat davlat organlari, balki, jamiyat va umuman barcha fuqarolarimiz mas’ulligimizni, korrupsiya holatini sodir etish, unda ishtirok etish og‘ir jinoyat hisoblanishligini, xususan Jinoyat kodeksining 210-212-moddalarida bu qat’iy belgilanib o‘tilganligini tushuntirib o‘tdi va bu borada korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etilishi bilan bog‘liq bir qator misollarni keltirib o‘tdi.
Seminar yakunida boshqarma boshlig‘i S. Melixujayev ham so‘zini davom ettirib, hozirda korrupsiyaga qarshi samarali kurash olib borilayotganligini, bu borada qonun ustuvorligini ta’minlash, korrupsiyaga qarshi qat’iy kurashish hozirda dolzarb masala ekanligini, korrupsiya o‘zimizga, balki davlatimizni kelajagiga ham to‘siq bo‘lishini, hammamiz uni oldini olish borasida samarali va tizimli ish tashkil etadigan bo‘lsak davlatimizni rivojiga ulkan hissa qo‘shishimizni ta’kidlab o‘tdi.