23/01/2025

Namangan viloyati doimiy aholisi soni 2025- yil 1- yanvar holatiga 3 mln. 131,7 ming kishini tashkil etib, 2024- yilning mos davriga nisbatan 65,6 ming kishiga ko‘paydi.

Jumladan, shahar aholisi soni 2 mln. 32,1 ming kishini, qishloq aholisi soni 1 mln. 99,6 ming kishini tashkil etdi. Doimiy yashovchi aholining 49,1 foizini ayollar, 50,9 foizni erkaklar tashkil etdi.

Hududlar kesimida eng ko‘p aholi Namangan shahrida 713,4 ming nafar, Chust tumanida 291,4 ming nafar va To‘raqo‘rg‘on tumanida 250,7 ming nafar ekanligi qayd etildi.

Shuningdek, 2024- yilda 81,9 ming tug‘ilish va 14,3 mingta vafot etganlar qayd etilgan.