23/01/2025

2025- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, Namangan viloyat bo‘yicha 1 290 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ular tomonidan 2024- yilning yanvar-dekabr oylarida 12,8 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.

O‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 112,8 % ni tashkil etdi. Qurilish ishlari hajmining tarkibida yirik qurilish tashkilotlarining ulushi - 7,8 %, norasmiy sektor - 55,5 % hamda kichik korxona va mikrofirmalarning ulushi 36,7 % ni tashkil etgan. Hududlar kesimida eng ko‘p qurilish ishlari Namangan shahrida 2,5 trln so‘mni, Uychi tumanida 819,9 mlrd so‘mni hamda Kosonsoy tumanida 638 mlrd so‘mni tashkil etgan.