2024- yilning yanvar-dekabr oylarida jami 4 031 ta yangi korxonalar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etilib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
• savdo sohasida – 1 616 ta;
• sanoat sohasida – 734 ta;
• qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 349 ta;
• yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 255 ta;
• qurilish sohasida – 173 ta;
• tashish va saqlash sohasida – 147 ta;
• axborot va aloqa sohasida – 114 ta;
• sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 109 ta;
• boshqa sohalarda – 534 ta.
23/01/2025