2024- yilda Namangan viloyatida asosiy kapitalga 53 trln 340,5 mlrd so‘mlik investitsiyalar yo‘naltirilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2023- yilga nisbatan 257,0 % ni tashkil etgan.
Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari;
🔸 Kafolatlanmagan xorijiy kreditlar va boshqa xorijiy investitsiyalar - 25 trln 426,9 mlrd so‘m,
🔸 To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar - 17 trln 886,4 mlrd so‘m,
🔸 Korxonalar mablag‘i - 4 trln 991,7 mlrd. so‘m,
🔸 Aholi mablag‘lari - 2 trln 942,1 mlrd so‘m,
🔸 Bank kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari – 400,7 mlrd so‘m,
🔸 O‘zbekiston Respublikasi kafolati bilan chet el kreditlari - 645,9 mlrd so‘m,
🔸 Respublika budjeti – 1 trln 46,3 mlrd so‘m.
Shuningdek, asosiy kapitaldagi investitsiyalarning 37,6 % i qurilish montaj ishlariga, 46,1 % i mashinalar, asbob-uskunalar hamda 16,3 % i boshqa harajatlarga yo‘naltirildi.