2025- yilning 1- yanvar holatiga Namangan viloyatida 3 890 ta sanoat korxonalari faloiyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ular tomonidan 2024- yilning yanvar-dekabr oylarida 32 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
2023- yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishning fizik hajm indekisi 108,3 % ni tashkil etgan. Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 10,3 mln so‘mdan to‘g‘ri kelgan.
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda kichik biznesning ulushi 50 % ni tashkil etdi.
Hududlar kesimida eng ko‘p sanoat mahsulotlari Namangan shahrida – 9 952,6 mlrd so‘m, To‘raqo‘rg‘on – 6 066,2 mlrd so‘m hamda Chust – 2 256,4 mlrd so‘mni tashkil etgan.