24/01/2025

2024- yilning yanvar-dekabr oylarida Davlatobod tumanida sog‘liqni saqlash sohasida 30,0 mlrd so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 4,5 mlrd so‘mga ko‘pagan.

O‘tgan yilda sog‘liqni saqlash sohasida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 186 ming 300 so‘mdan to‘g‘ri kelgan. O‘sish sur’ati 2023 yilning mos davriga nisbatan 115,0 % ga yetgan.

Ma’lumot o‘rnida, 2024- yilda viloyatimizda 735,8 mlrd so‘mlik sog‘liqni saqlash xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, Davlatobod tumanining qo‘shgan hissasi 4,1 % ga to‘g‘ri kelgan.