2024- yilda Namangan viloyatida asosiy kapitalga 53 trln 340,5 mlrd so‘mlik investitsiyalar yo‘naltirilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2023- yilga nisbatan 257,0 % ni tashkil etgan.
Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning katta qismi, ya’ni 58,6 % ni viloyatning ikkita hududida, jumladan, Pop tumanida – 13,3 %, Namangan shahrida esa – 45,3 % o‘zlashtirildi.
Qator hududlarda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning yuqori o‘sish sur’atlari kuzatildi, jumladan Pop tumanida – 391,3 % (7089,2 mlrd so‘m), Namangan shahar – 335,0 % ga (24178,6 mlrd so‘m).